Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dekabr davomida ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi aytildi

Dekabr davomida ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi aytildi

Foto: Xabar.uz

So‘nggi 8 yil ichida O‘zbekistonda dekabr oylari quruq (yog‘ingarchilik meyordan kam) bo‘ldi. Bu yil dekabr oyi qanday bo‘ladi? Haqiqiy qish ob-havosi bo‘ladimi? Yoki dekabr oyining ob-havosida iliq davrlar kuzatiladimi

1-3-dekabrda respublika bo‘yicha qish faslining boshi uchun biroz iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismida havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi. 

4-5-dekabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 3-6 darajagacha pasayadi. 

6-7-dekabrda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 12-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi. 

Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. 

Harorat tartibi bo‘yicha dekabr oyi o‘rtacha iqlim meyoridan 1-1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ayrim kunlarida (2-4 kun) yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. 

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 10-15 iliqqacha o‘zgarib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring