Bugun havo 15-20 darajagacha iliq bo‘ladi
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq, shimolda 5-10° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter