Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Do‘st bo‘lsang yonimda tur!» Turkiya O‘zbekistonga 50 dona sun’iy nafas oldirish uskunasi taqdim etmoqda

«Do‘st bo‘lsang yonimda tur!» Turkiya O‘zbekistonga 50 dona sun’iy nafas oldirish uskunasi taqdim etmoqda

Foto: «AA»

Turkiya O‘zbekistonga 50 dona sun’iy nafas oldirish uskunasini tuhfa qiladi.

Anadolu axborot agentligi xabariga ko‘ra, mazkur gumanitar aksiya joriy yil 20 may kuni ikki davlat mas’ullari tomonidan imzolangan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim dorasida amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Turkiyaning sun’iy nafas oldirish apparati boshqa ko‘plab muqobillariga qaraganda raqobatbardosh va yuqori sifatga ega.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 31-iyul kuni, Qurbon hayitining birinchi kuni Turkiya O‘zbekistonga 12,5 tonna insonparvarlik yordami yuborgan edi.

Insonparvarlik ko‘magi COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda O‘zbekiston tibbiyot xodimlari ishlatishi ko‘zda tutilgan tibbiy himoya ashyolari hamda dori-darmonlardan iborat. Qardosh o‘lkadan, jumladan, 50 ming dona N-95 niqob, 200 ming dona jarrohlik niqobi, 40 ming dona kombinezon, 5 ming dona yuzni to‘liq to‘suvchi niqob va COVID-19ni davolashda qo‘llanadigan dori vositalari jo‘natilgan.

Bundan tashqari, joriy yil iyul oyida O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda maslahatchi sifatida turkiyalik mutaxassislar guruhi ham tashrif buyurgan edi. Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy kengashi a’zosi, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis, professor Rajab O‘zturk, Xasettepe universiteti ilmiy kengashi a’zosi, professor Leven Oqin va Anqara shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi, professor Xatije Rahmet Guner kabi peshqadam tibbiyotchilar ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etib, yurtimizning turli hududlarida davolanayotgan ahvoli o‘ta og‘ir bemorlarning holatini yaxshilash maqsadida onlayn videokonferensiyalar o‘tkazgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring