Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi suyunchi pulini olish uchun DXMga borish kerakmi? (savol-javoblar)

Endi suyunchi pulini olish uchun DXMga borish kerakmi? (savol-javoblar)

Foto:«Xabar.uz»

Savol: Endi suyunchi puli olish uchun Davlat xizmatlariga murojaat qilish kerak deyishayapti. Shu rostmi?

Javob: 2020-yil 23-may kuni Vazirlar Mahkamasining «Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 327-son qarori bilan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish reglamenti tasdiqlandi. Bu davlat xizmati 1 iyundan ishga tushdi.

Ushbu xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha: Ariza beruvchi bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida mazkur nafaqani tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etadi.

Unda kuyidagi xujjatlar taqdim etiladi.

- talabgorning pasport nusxasi;

- bolaning tug‘ilganligi haqida FHDYo ma’lumotnomasi;

- bolaning tug‘ilganligi haqida guvohnoma nusxasi.

Tegishli so‘rovnoma budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi. Pensiya jamg‘armasi o‘z navbatida nafaqani tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish to‘g‘risida ma’lumot, nafaqa tayinlash rad etilganda rad etish sabablari ko‘rsatilgan ma’lumot tegishli DXMga yoki YaIDXPga elektron tarzda yuboriladi. 3 soat vaqt davomida ma’lumotnoma murojaatchiga taqdim etiladi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Savol: Farzandimni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun navbatga qo‘ygan edim. Nechanchi navbatdaligini qanday bilsam bo‘ladi?

Javob: Xabaringiz bor, pandemiya davrida maktabgacha ta’lim muassasalari ham karantinda bo‘lgani sababli faoliyat olib bormayapti. Shu sababli davlat xizmatlari markazlariga integratsiya kilingan idora bazasi ham ishlamaydi. Davlat xizmatlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali farzandlarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalari "bog‘cha"larga joylashtirish uchun navbatga qo‘ygan fuqarolardan murojaatining holati yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushayotgani bor haqiqat.

Ko‘pchilik murojaatchilarga shuni ma’lum kilmokchimizki, Farzandingizning navbatini Maktabgacha ta’lim vazirligining @MtmNavbatBot orqali kuzatib borishingiz va mavzuga tegishli savollaringizga ham bot orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Savol: Davlat xizmatlari markazidan sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma olish pullikmi?

Mazkur davlat xizmatini olish uchun avvalo so‘rovnoma to‘ldiriladi, onlayn yoki Davlat xizmatlari markazlariga borgan holda.. So‘rovnomaga fuqarolik pasporti ma’lumotlari kiritiladi. Demak fuqarolik pasportingiz bo‘lishi shart. Agar boshqa shaxslar nomidan murojaat qilinsa, notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova etilishi talab etiladi. Bunda bazaviy hisoblash miqdorining 10 %, ya’ni 22 ming 300 so‘m boj to‘lovi to‘lanadi. 4 600 so‘m davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun pullik xizmat to‘lovi ham bor. Bu ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma olish 2 ish kuni amalga oshiriladi.

Savol: Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomamni yo‘qotganman. Takroriy guvohnoma olishim uchun qancha pul to‘layman?

Javob: Mazkur savol yuzasidan qo‘yidagilarni ma’lum qilamiz. Takroriy guvohnomalar olish uchun hududingizdagi Fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish bo‘limiga murojaat qilasiz. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni fuqarolik pasporti bilan, shuningdek, uchinchi shaxslar manfaatida harakat qilayotganda – notarial tasdiqlangan ishonchnoma taqdim etiladi. Bu xizmatning to‘lov miqdori qo‘yidagicha: bazaviy hisoblash miqdorinining 15 % boj to‘lovi hamda gerb yig‘imi uchun ham bazaviy hisoblash miqdorinining 15 foizi miqdorida mablag‘ to‘lanadi.

Savol: Yakka tadbirkorman. Turar joyimni noturarga aylantirish uchun qanday hujjatlar talab kilinadi?

Javob: Bugun alohida tadbirkorlikka alohida e’tibor berilib, ayniqsa pandemiya davrida ko‘pgina yengilliklar berilgan. Bu davlat xizmatini olish uchun hududingizdagi davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda murojaat yuboriladi. Mazkur davlat xizmatini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi. Albatta fuqarolik pasporti va turar joyga birgalikda egalik qiluvchilar, doimiy propiska qilingan voyaga yetgan oila a’zolari hamda doimiy propiskada turuvchi (mavjud bo‘lsa) boshqa shaxslarning notarial tasdiqlangan yozma roziligi ilova qilinadi. Mazkur davlat xizmati yuzasidan ma’muriy reglamentda belgilangan 8 ish kunida murojaatingizga javob olasiz.

DXA Navoiy viloyati
axborot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring