Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘onning dunyo tillariga tarjima qilingan kitobi o‘zbek tilida ham chop etildi

Erdo‘g‘onning dunyo tillariga tarjima qilingan kitobi o‘zbek tilida ham chop etildi

Foto: O‘zA

Xabaringiz bor, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-30 mart kunlari O‘zbekistonda myehmon bo‘ladi.

Ushbu oliy darajadagi tashrif arafasida R.T.Erdo‘g‘onning «Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin» (Daha Adil Dünya Mümkün) nomli kitobi ikkinchi bor o‘zbek tilida nashr etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Kitobni o‘zbekchaga o‘girgan tarjimon Ma’rufjon Yo‘ldoshevning aytishicha, «Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin» kitobi birinchi marta prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi oldidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etilgan edi. Yaqinda esa «Yangi asr avlodi» nashriyoti cheklangan miqdorda chiqqan kitobni ko‘p adadda nashr qilishni taklif qildi.

Avval xabar berganimizdek, «Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin» kitobi 2021 yil sentyab oyida chop etilgan.

Kitobda dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan adolatsizlik, migratsiya inqirozi, xalqaro terrorizm, islomofobiya, siyosiy munofiqlik kabi illatlar xususida so‘z yuritiladi.  Asarda «Bugun insoniyat uchun eng zarur qadriyat bu – adolatdir» degan g‘oya ilgari suriladi.

«Murg‘ak bolalar o‘ldirilayotgan dunyoda hech kim o‘zini aybsiz deya olmaydi», – deb yozadi muallif.

R.T.Erdo‘g‘on kurrai arzdagi jiddiy muammolarni sanar ekan, BMT ularni hal etishga ojizlik qilayotganiga e’tibor qaratadi va xalqaro tuzilmani isloh etishga chaqiradi.

Turk tilida yozilgan asar ingliz, arab, olmon, fransuz, rus, ispan kabi ko‘plab tillarga tarjima qilingan va dunyo bo‘ylab ommalashgan. Kitob sotuvidan tushgan mablag‘ Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga (AFAD) o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 12 noyabr kuni Istanbulda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda «Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin» kitobining ilk nashrini hamkasbiga sovg‘a qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring