Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:
Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimidan;
Davron Abitovich Nazarmuhamedov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter