Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIVda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIVda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vaziriga yana ikki o‘rinbosar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Rustam Ravshanovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori va farmoyishiga muvofiq Diyorbek Nematjonovich Sattorov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti sho‘ba mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Avvalroq Botir Qudratxo‘jayev va Rustam Jo‘rayev IIV rahbariyatida ish boshlashgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring