Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Azizxon Shavkatov Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda 11 mart kuni poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u 2023-yildan buyon Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter