Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk marotaba Toshkentda... (video)

Ilk marotaba Toshkentda... (video)

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba 25-27-aprel kunlari poytaxtimizda yirik xalqaro yuridik forum — «Tashkent law spring» bo‘lib o‘tadi.

Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, forumda 1000dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Ularning 250 nafari AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya singari qator mamlakatlardan tashrif buyurayotgan ekspertlar, Koreya, Singapur, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Shri-lanka, Belarus, Ozarbayjon, Afg‘oniston kabi davlatlarning Adliya vazirlari va o‘rinbosarlari, qonun chiqaruvchi organlari va dunyoning yetakchi arbitraj markazlari rahbarlaridir.

Bundan tashqari, forumda «The Legal 500» xalqaro reytingida yetakchi bo‘lgan yuridik kompaniyalar ham ishtirok etadi.

Forum kun tartibidan «Sifatli davlat boshqaruvi», «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish», «Faol investitsiya siyosati» yo‘nalishlarida 17 ta muhokama sessiyalari, «Sud ekspertiza»  va  «Notariat» mavzularida davra suhbatlari va turli mavzularda master klasslar o‘rin olgan.

«Toshkent huquq bahori» jonli muloqoti orqali huquq sohasidagi qiziqarli va eng murakkab masalalarni katta maydonda muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring