Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«InFinBank» Rashidjon Qodirov ishiga aloqadorligi haqidagi xabarlarni rad etdi

«InFinBank» Rashidjon Qodirov ishiga aloqadorligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Fotokollaj: «Xabar.uz»

«InFinBank» O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga aloqadorligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar bermoqda.

Avvalroq bir qator xorijiy OAV tomonidan «InFinBank»ning norasmiy sohibi Farhod Mamajonovning sobiq prokuror Rashidjon Qodirov «pulini yuvganlikda» gumon qilinib qo‘lga olingani, u IIV yerto‘lasida so‘roq qilinayotgani haqida rasman tasdiqlanmagan xabarlar tarqatilgandi. «InFinBank»ning bank kengashi raisi Maqsud Abdusamatov bu хabarlarga quyidagicha munosabat bildirgan:

«Biz shaffof bank maqomini olishga astoydil harakat qildik va faoliyatimizning dastlabki yilidayoq «katta» to‘rtlikdagi xalqaro auditorlik kompaniyasini yolladik. O‘n yillik faoliyati davomida xalqaro auditorlik kompaniyalari o‘z tomonlaridan hech qanday pisandalarsiz mustaqil auditorlik xulosalarini chiqargan».


Mavzuga doir:
«Qodirov zanjiri». Yana bir sobiq prokurorga nisbatan jinoyat ishi ochildi


Abdusamatovning so‘zlariga ko‘ra, bank 2011-yilda moliyaviy barqarorlikni baholaydigan yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biri bilan shartnoma tuzgan. Uning qayd etishicha, bu mavjud va bo‘lajak hamkorlarga bankning ishonchliligi va shaffofligini ko‘rsatish maqsadida ongli ravishda amalga oshirilgan.

«Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan maqolalarda go‘yoki bank ma’lum bir shaxslarning noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarini yuvishda ishtirok etganligi aytiladi. Bu ayblovlarni mutlaqo asossiz deb hisoblaymiz. O‘zbekistonda keyingi 10 yil davomida valyuta qonunchiligi qat’iy yo‘lga qo‘yilganligi ko‘pchilikka ma’lum. Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak, bank mijozlarining xorijiy valyutadagi har bir o‘tkazmasi asosli ekanligi ustidan qat’iy monitoring olib borilgan», — deydi u.

Import shartnomasi bo‘yicha har qanday to‘lov, deb qo‘shib qo‘ydi u, tegishli import tovarning yetkazib berilishi bilan ta’minlangan bo‘lishi va bunday tovarlarning chegaradan o‘tkazilishi O‘zbekiston bojxona organlari tomonidan qayd etilishi shart bo‘lgan.


Mavzuga doir:
Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li qidiruvga berildi


«Butun faoliyatimiz davomida biz jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga amal qilib kelganmiz, qonunchilik talablariga muvofiq ish olib borganmiz. Bank hech qachon Latviya va BAAda korrespondentlik hisoblarini ochmagan va bunday hisoblari mavjud emas. Bankda hech qanday tekshiruv yoki reviziya o‘tkazilmayotganini rasman tasdiqlaymiz», — ta’kidladi Maqsud Abdusamatov.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 22-fevral kuni O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bugun,  24-fevral kuni ushbu ma’lumotni rasman tasdiqladi. O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olishda gumon qilinmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring