Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zidan avvalgi hokimni jazoga tortdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zidan avvalgi hokimni jazoga tortdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning qator tumanlari rahbarlarini intizomiy jazoga tortdi.

Bugun (8-avgust) imzolangan farmoyishga (№113-f) ko‘ra, pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilayotgani hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Mirzo Ulug‘bek  (Sh. Irgashev), Uchtepa (F. Abdullayev), Chilonzor (S. Mahametov), Yashnobod (X. Tillashayxov)  tumanlari hokimlariga «xayfsan» berildi.

Intizomiy jazoga tortilganlar orasida poytaxtning sobiq hokimi, hozirda Yunusobod tumani hokimi vazifasini ado etayotgan  R. Usmonov ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring