Jurnalist va hajvçi adib Abdurazzoq Obröy vafot etdi
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, taniqli hajvçi adib Abdurazzoq Obröy vafot etdi.
Abdurazzoq Obröy (Obröev) 1956-yil 20-avgustda Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanidagi Jağaboyli qişloğida tuğilgan.
1985-yili Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Özbekiston Milliy axborot agentligi, «Muştum» jurnalida, «Vatanparvar» gazetasida işlagan.
Abdurazzoq Obröyga 2005-yil «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist» faxriy unvoni berilgan.
«Höplam-töplam», «Böydoq askar», «Hiring-hiring», «Tuxumning qudrati», «Ayolning quloği», «Ruxsat bering, şeʼr öqiyman», «Uç nuqta…», «Sev, avayla, asra Özbekistonni!», «Men öşa ör, men öşa zörman» kabi kitoblari çop etilgan.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter