Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyslar, nemislar, polyaklar va greklar. Yurtimizda bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda

Koreyslar, nemislar, polyaklar va greklar. Yurtimizda bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda

Bugun, 16 noyabrda Toshkentda Bag‘rikenglik haftaligi doirasida millatimizning timsoli, mehr-shafqat ramzi hisoblangan Shoaxmad Shomaxmudovlar oilasi monumenti poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yigirmanchi asrda mustabid tuzumning 37-yil qatag‘oni va Ikkinchi jahon urushi davrida o‘z yurtidan majburan ko‘chirilgan, badarg‘a qilingan elat va millat vakillariga xalqimiz bag‘rini ochdi, mehr ko‘rsatdi. Eng og‘ir damda ularga yordam qo‘lini cho‘zib, bir burda nonini baham ko‘rdi. Koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, qrim-tatarlar bu bag‘rikeng zaminda o‘zining ikkinchi vatanini topdi. Ikkinchi Jahon urushi davrida frontning eng qaynoq nuqtalaridan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq himoyasiz keksalar, ayollar, ochlik va o‘limdan qutqarib qolindi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda barcha fuqarolarni qaysi millatga mansubligidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar bilan ta’minlash hamda millatlararo totuvlik va jamiyatda o‘zaro ahilchilik muhitini mustahkamlash maqsadida 15-21 noyabr kunlari O‘zbekistonda «Bag‘rikenglik haftaligi» o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik «O‘zbekiston – bag‘rikeng zamin» shiori ostida tashkil etiladigan turli madaniy-ta’rifiy tadbirlardan iborat bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring