Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: kamchiliklar, muammolar, yechimlar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: kamchiliklar, muammolar, yechimlar

Xabar qilinganidek, Respublika Ishchi guruhining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish ishlari jadal olib borilmoqda va bu jarayonda aholining dolzarb muammolarini aniqlash, ijtimoiy soha ob’yektlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, ularning yechimini topish hamda qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.

Mazkur tadbirlarda kommunal va ijtimoiy sohalarda tegishli qonun hujjatlari ijrosining so‘zsiz ta’minlanishi, shuningdek, Respublika Ishchi guruhining o‘rganishlari natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalar tezkorlik bilan bajarilishiga erishish uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1-o‘rinbosari A.Xolmaxmatov bugun poytaxtimizning Olmazor tumanida bo‘lib, tuman hokimi B.Raxmonov hamrohligida Sebzor kollektorining Qora-qamish ko‘chasi hududidan o‘tuvchi qismini ko‘zdan kechirishdi. Aniqlangan muammolar zudlik bilan bartaraf qilishga kirishildi. Tuman obodonlashtirish bo‘limi hamda boshqa kommunal soha vakillari tomonidan hududni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va ijtimoiy soha ob’yektlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish borasidagi amaliy tadbirlar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring