Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Litsenziya berish cho‘zilsa, tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborish mumkin

Litsenziya berish cho‘zilsa, tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborish mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Ushbu farmonga oid muhim yangiliklardan yana biri bu tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari, faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan barcha litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda berilishidir.

Shu bilan birga, farmonda litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, litsenziya da’vogariga ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng arizada ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqi berilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring