Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining farzandlari kim va ular nimalar bilan mashg‘ul?

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining farzandlari kim va ular nimalar bilan mashg‘ul?

Foto:«Sputnik»

«Sputnik» nashri prezidentlarning farzandlari haqida ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qozog‘iston

Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarbayevning uch nafar qizi bor.

Katta qizi Dariga Nazarbayeva 55 yoshda, vafot etgan turmush o‘rtog‘i siyosatchi Raxat Aliyev bo‘lgan. Uning uch nafar farzandi bor. Dariga Nazarbayeva OAVga rahbarlik qilgan, tadbirkor, «Nurbank» aksioneri va «Asar» partiyasining rahbari bo‘lgan. Shuningdek, parlamentning quyi palatasi deputatligiga saylangan, vitse-premer etib tayinlangan, ayni damda parlamentning yuqori palatasi deputati.

Dariga Nazarbayeva, Foto:«Zakon.kz»

Ikkinchi qizi 51 yoshli Dinara Kulibayeva. Turmush o‘rtog‘i tadbirkor va siyosatchi, Qozog‘iston Fanlar akademiyasi akademigi Timur Kulibayevdir. Bir o‘g‘il va ikki qizi bor.

Uchinchi qizi 38 yoshli Aliya. Tadbirkor va ekologik loyihalar bilan shug‘ullanadi.

Qirg‘iziston

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning ikki nafar farzandi bor.

Katta qizi - Baktigul Jeenbekova Qirg‘iziston-Rossiya slavyan universiteti talabasi. 2016 yilda deputat Aliyarbek Abjaliyevning o‘g‘li Atabekka turmushga chiqqan.

Davlat rahbarining o‘g‘li maktabda o‘qiydi.

Sooranbay Jeenbekovning qizi Baxtigul turmush o‘rtog‘i Atabek Abdaliyev bilan. Foto:«Sputnik»

Tojikiston

Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon nafaqat mintaqadagi balki butun dunyodagi eng serfarzand prezident: uning 9 nafar farzandi bor. Ulardan ikki nafari yuqori mansabga ega. Ikkinchi qizi (uchinchi farzand) 40 yoshli Ozoda Raxmon Prezident apparatini boshqaradi. Uning turmush o‘rtog‘i Jamoliddin Nuraliyev Tojikiston Milliy banki raisining o‘rinbosari. Ularning besh nafar farzandi bor.

Ozoda Rahmon.Foto:«Sputnik»

Katta o‘g‘li 30 yoshli Rustam Emomali Dushanbe shahrining meri. Shuningdek, u Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti va Osiyo Olimpiya kengashi a’zosi. Ikki nafar farzandi bor.

Rustam Emomali. Foto:«Sputnik»

Katta qizi Firuza. Uchinchi qizi Ruxshona Raxmon Tojikiston TIV boshqarmalaridan birining boshlig‘i.

To‘rtinchi qizi Taxmina. Beshinchi qizi Parvina. Oltinchi qizi Zarrina Tojikistonning birinchi kanalida suhandon bo‘lib ishlagan.

Yettinchi qizi Farzona. Ikkinchi o‘g‘li Somon.

Turkmaniston

Gurbanguli Berdimuxamedovning yagona o‘g‘li 37 yoshli Serdar shu yilning boshida tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan. To‘rt nafar farzandi bor. Katta qizi Guljaxonning bir necha yil avval Londonda yashashi aytilgan. Kichik qizi Parijda yashaydi. Uchinchi qizi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Foto:«Sputnik»

O‘zbekiston

61 yoshli Shavkat Mirziyoyevning uch nafar farzandi bor. Katta qizi Saida, uning turmush o‘rtog‘i Oybek Tursunov.

Ikkinchi qizi Shaxnoza Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.

Prezidentning yagona o‘g‘li maktab o‘quvchisidir.

Foto:«AP»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring