Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MO davlatlari vazirlari suv-energetika tizimlari barqarorligi borasida uchrashuv o‘tkazdi

MO davlatlari vazirlari suv-energetika tizimlari barqarorligi borasida uchrashuv o‘tkazdi

13-fevral, juma kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalari Energetika hamda suv xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev, Qirg‘iz Respublikasi Energetika vaziri T.Ibrayev, Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri Y.Akkenjenov hamda Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vaziri D.Juma ishtirok etdi. Shuningdek, uchrashuvda mazkur mamlakatlar energetika kompaniyalari rahbarlari va mas’ul mutaxassislari ham qatnashdi.

Muzokaralar chog‘ida so‘nggi yillarda do‘st va qardosh davlatlar Prezidentlari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, xususan, yoqilg‘i-energetika sohasida ham izchil va samarali rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida joriy kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, vegetatsiya davrida suv-energetika tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar tarmoqlar ish rejimlari bo‘yicha grafiklarni kelishib oldilar.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring