Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Metan zapravka”lar qurilishiga ruxsat berilmaydi — Jamshid Xo‘jayev

“Metan zapravka”lar qurilishiga ruxsat berilmaydi — Jamshid Xo‘jayev

Qoraqalpog‘iston Respublikasida hukumat vakillarining tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev yangi metan gaz quyish shoxobchalari qurilishiga ruxsat berilmasligini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida Amudaryo tumanidan “Munogreen” MChJ rahbari Muxtor To‘liboyev avtomobillarga xizmat ko‘rsatish majmuasi, jumladan, gaz-metan shoxobchasi qurish masalasini ko‘tardi. Uning aytishicha, loyiha uchun yer ajratilgan, hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan. Ammo “Qoraqalpoqgaz” tomonidan ruxsatnoma talab qilinmoqda.

Jamshid Xo‘jayev ushbu masalaga aniqlik kiritar ekan, hozirgi kunda metan ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammolar mavjudligini ta’kidladi.

Amalda gazni mavjud metan zapravkalarning o‘ziga ham yetkazib bera olmayapmiz. Shu sababli o‘tgan yildan beri yangi metan stansiyalari qurilishiga to‘liq taqiq qo‘yilgan. Uni qurganingiz bilan investitsiyangiz bekor yotadi, sizga metan berilmaydi, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Uning ta’kidlashicha, mazkur cheklov haqida hokimiyatlar, investitsiya bo‘yicha mas’ul rahbarlar va tadbirkorlar oldindan ogohlantirilgan. Shu bois hozirgi sharoitda yangi metan zapravka qurilishini boshlash maqsadga muvofiq emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring