Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB ikki nafar fuqaroning jami 70 ming AQSh dollarini undirib berdi

MIB ikki nafar fuqaroning jami 70 ming AQSh dollarini undirib berdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida M. Abdujabborovga doir  «ish» ko‘rilib, tegishli jazo tayinlanishi asnosida sudlanuvchidan ikki nafar  fuqaroga jami 70 ming AQSh dollari undirish ham belgilangandi.

Bu shu yilning may oyi oxiridagi gap.

Nihoyat, sudning qarori kuchga kirdi va tegishli ijro hujjatlari  Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limiga kelib tushdi. Bu yog‘i endi MIBchilarning ishi.

Katta miqdordagi pul undirish bilan bog‘liq sud hujjatlarining ijrosi osonmas. Qarzdor haqdorga: «mana puling, olaqol», demaydi-da. Yo‘qsa, masala sudgacha yetib borarmidi?! Shu bois ko‘p hollarda ijrochilar qarzdorning mol-mulkini qidirib topib, xatlab, sotish choralarini ko‘radiki, shu jarayoning o‘zida ming bir g‘urbatga duch keladi. Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim, degan gap bejizmas, axir?!

Mazku ijro hujjati qanday amalga oshirilgani haqida ortiqcha gapirib o‘tirmaymiz. Shundog‘am hammasi tushunarli.  Muhimi - haqdorlar  ko‘p kutishmadi. Ikki nafar fuqaroga  jami 70.000 AQSh dollari tegishli tartibda undirilib,  ularning  plastik  kartasiga o‘tkazib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring