Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda bedarak yo‘qolgan qiz Qoraqalpog‘istonda topildi

Namanganda bedarak yo‘qolgan qiz Qoraqalpog‘istonda topildi

Foto: «Imperiya.by»

Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi Nozigul Ismailova ismli qiz bedarak yo‘qolgan edi. Tezkor tadbirlar natijasida qiz Qoraqalpog‘istonda topildi, deb xabar berdi «O‘zA».

U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati boshqarmasi xodimi Izbasar Fazilov va Milliy gvardiya xodimi, serjant Rustam Xidirov sa’y-harakati bilan topildi. Joriy yilning 20-fevral kuni qiz ota-onasiga topshirildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining sinchkovligi natijasida ota-onasining bag‘riga qaytarilgan qizning onasi Dilnoza Parpiyevadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga minnatdorchilik xati keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring