Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo harorati yana ko‘tariladi

Ob-havo harorati yana ko‘tariladi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kunlari 34-39° ni, shimolda va cho‘l hududlarda 41-42° gachani tashkil etadi.

21-iyuldan 23-iyulgacha faqat respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va 23-iyul juma kuniga kelib harorat kunduz kunlari 39-42° gacha ko‘tariladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring