Ob-havo ma’lumoti: ertaga yog‘ingarchilik kutilmayapti
Respublika Gidrometeorologiya markazi 7-iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 31-33 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmayapti. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter