Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oilada biron kishi vafot etsa yordam puli beriladimi? Agar berilsa uning shartlari qanday?».

«Oilada biron kishi vafot etsa yordam puli beriladimi? Agar berilsa uning shartlari qanday?».

Foto: «Xabar.uz»

«Oilada biron kishi vafot etsa yordam puli beriladimi? Agar berilsa uning shartlari qanday?».

Savolga Adliya vazirligi mas’ul xodimi Dilmurod Rajabboyev javob beradi:

— «Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasida dafn etish uchun nafaqa hamda moddiy va boshqa yordam ko‘rsatish belgilangan. Unga ko‘ra vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular bo‘lmaganda esa dafn etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxsga dafn etish uchun Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nafaqa berish kafolatlanadi.

Dafn etish uchun nafaqa murojaat etilgan kunda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan:

vafot etgan shaxs pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olib turgan yoxud ishlamagan va pensioner bo‘lmagan hollarda — o‘lim haqidagi guvohnoma asosida;

o‘lik bola tug‘ilgan yoki bola hayotining birinchi haftasi davomida vafot etgan (perinatal o‘lim) taqdirda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida to‘lanadi.

Korxona, muassasa, tashkilotning xodimi yoki xodimning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zosi vafot etgan taqdirda dafn etish uchun nafaqa mazkur xarajatlar keyinchalik Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplangan holda korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan to‘lanadi.

Vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga korxona, muassasa va tashkilot tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moddiy va boshqa yordam ko‘rsatilishi mumkin.

Dafn etish nafaqasi eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida beriladi. Uni pensioner vafot etganidan keyin 60 kun ichida murojaat etgan holda olish mumkin. Ta’kidlash kerakki, mazkur nafaqaga soliq solinmaydi va u naqd pulda to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring