Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazordagi Qur’on musobaqasidan fotoreportaj

Olmazordagi Qur’on musobaqasidan fotoreportaj

«O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning respublika bosqichi Olmazor tumani Talabalar shaharchasidagi «Yoshlar ittifoqi» madaniyat saroyida boshlandi.

Dastlab ishtirokchilar va mehmonlar kutib olindi. Tadbirni Husan Abdulmajidov Qur’on tilovati bilan ochib berdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov kirish so‘zi bilan ishtirokchilarni muborakbod etdi va muvaffaqiyat tiladi. Davlat madhiyasidan so‘ng Tilovat yo‘nalishi bo‘yicha qorilar bahslarni boshlashdi. Musobaqani diniy idora rahbariyati, ulamolar, faxriy imomlar va qorilar kuzatuvchi sifatida chiqishlarni baholamoqda.

Hakamlar hay’ati boshlig‘i Hasanxon Abdulmajidov Usmonxon Alimov tomonidan taklif etilgan imtiyozni e’lon qildi. Unga ko‘ra, nogironligi bor ishtirokchilar avvalgi bosqichda birinchi o‘rinni ololmagan bo‘lsalar-da, jismonan imkoniyati cheklanganiga qaramasdan, Kalomullohni yod olgan mazkur ishtirokchilar respublika bosqichida qatnashadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring