O‘qituvchilar uchun subsidiyaga arizalar 20 apreldan boshlanadi
Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar 20-apreldan qabul qilinadi.
Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish joriy yilning 20-aprel kuni soat 14:00 da boshlanadi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Subsidiyada ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizi qoplab beriladi.
Ushbu dastur doirasida subsidiya olish uchun ariza beruvchi belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos bo‘lishi va kredit tarixi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga javob berishi kerak.
Ariza beruvchi yoki turmush o‘rtog‘i nomida respublika bo‘yicha ikki va undan ortiq uy-joy bo‘lmasligi, shuningdek kamida 15 yillik pedagogik stajga hamda oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi, my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin.
Subsidiya arizalari orqali 15 bankdan ipoteka krediti rasmiylashtirilish mumkin. Banklar ro‘yxati bu yerda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu subsidiya tartibi 19-fevral kuni oliy toifali o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori (VMQ–69-son) bilan belgilangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter