Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Pokistonga parvozlarni bekor qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Pokistonga parvozlarni bekor qildi

Foto:«Uzairways.uz»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy mojarolar tufayli havo yo‘llari yopilganini sabab 2019-yil 1-martdagi Lahor-Toshkent reysi bekor qilinganini ma’lum qildi.

Kompaniya yo‘lovchilarga qo‘shimcha to‘lov va ovoragarchiliklarsiz biletlarni qaytarish va qayta bron qilish imkoniyati taqdim etilishini xabar qilgan.

Bir necha kunlardan beri Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar tarangligicha qolyapti. 

Kuni kecha Toshkent-Amritsar qatnovini amalga oshirayotgan Boeing 767 samolyoti Toshkentga qaytarilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring