Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston havosi iflos mamlakatlar reytingida 16-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston havosi iflos mamlakatlar reytingida 16-o‘rinni egalladi

Foto:«Xabar.uz»

«Air Visual» xalqaro tashkiloti 2018-yilda havosi zaharli moddalar bilan eng ko‘p zararlangan mamlakatlar reytingini e’lon qildi.

Ushbu reytingda O‘zbekiston  16-o‘rinni egallagan. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston 20, Ukraina 49, Rossiya 58-o‘rinni olgan.

Jahon bo‘yicha eng ifloslangan havoga ega davlat Bangladeshdir. Undan keyingi pog‘onalardan Pokiston va Hindiston joy olgan.

Havosi eng toza mamlakat sifatida Islandiya qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 7 million kishi iflos havo oqibatida halok bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring