Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston o‘smirlari tojikistonlik tengqurlariga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi

O‘zbekiston o‘smirlari tojikistonlik tengqurlariga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilning 14-22-sentyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur musobaqaga tayyorgarlik doirasida Azamat Abduraimov shogirdlari Toshkentda yig‘in o‘tkazdi. Yig‘in doirasida esa terma jamoamiz a’zolari Xo‘jand shahrida Tojikiston U-16 terma jamoasiga qarshi 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bugun Xo‘jand shahrida ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ikki terma jamoa o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. 

O‘rtoqlik uchrashuvi

Tojikiston (U-16) – O‘zbekiston (U-16) 4:0

Gollar: Sunnatullo Azizov, 31 (1:0), Abdulfatoxi Xudoydodzoda, 39 (2:0),  Faxriddin Axtamov, 67 (3:0), Kabir Salimshoyev, 81 (4:0).

O‘zbekiston (U-16): Samandar Jo‘rabekov, Vazgen Pogosyan, Bobur Mo‘ydinov, Kirill Todorov, Tohir To‘xtasinov, Muhriddin Pozildinov, Abduqodir Husanov, Jasur Ubaydullayev, Rustam Turdimurodov, Alisher Xayrullayev, Obloyor Rahmatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Beknur Parmonov, Azizjon Toshkenboyev, Po‘lat Jumaxonov, Asadbek Beglarxonov, Nodir Abdurazzoqov, Shahzod Akramov, Rian Islomov, Maqsud Alloxo‘jayev.

Ogohlantirishlar: Asadbek Sodiqov (89) – Bobur Mo‘ydinov (66), Abduqodir Husanov (38).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring