Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi

Foto: «Islaminstitut.uz»

O‘zbekiston Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqi axborot» kanalida xabar berildi.

Farmonga muvofiq Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Hujjat bilan ushbu akademiyaga quyidagi huquqlar berildi:

— Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o‘rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;

— respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

— O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Islom akademiyasi Prezidentning 2017 yil 15 dekabrdagi PQ-3433-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan edi. 2018 yil 15 yanvar kuni esa Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi

O‘zbekiston Islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi guvohnoma
Foto: Adliya vazirligining «Huquqi axborot» kanali

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring