O‘zbekistonda aholisi ko‘p tuman va shaharlar ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 million kishiga yetgan. Shu bilan birga, mamlakatda aholi eng ko‘p yashaydigan tuman va shaharlar ro‘yxati ham ma’lum qilindi.
Reytingning birinchi pog‘onasidan Namangan shahri o‘rin oldi. Bu shaharda 731,3 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand shahri va Urgut tumani qayd etilgan bo‘lib, ularning aholisi mos ravishda 607,6 ming va 588,6 ming nafarni tashkil etgan.
Aholi soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni 506 ming nafar aholiga ega Andijon shahri egalladi. Surxondaryo viloyatining Denov tumani esa 442,7 ming nafar aholi bilan beshinchi pog‘onadan joy olgan.
Toshkent shahridagi Olmazor tumani 419,6 ming kishi bilan oltinchi o‘rinni qayd etdi. Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida esa 401,5 ming nafar aholi yashaydi.
Reytingning keyingi pog‘onalarida Toshkent shahrining Yunusobod tumani (395 ming kishi), Shayxontohur tumani (374,6 ming kishi) hamda Andijon viloyatining Asaka tumani (369,6 ming kishi) joylashgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter