Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda deyarli yuz yillik jurnal yopiladi

O‘zbekistonda deyarli yuz yillik jurnal yopiladi

Foto: MILLIONER.KZ

«O‘zbekistonda «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» («Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana») jurnali yopiladi», - deb xabar berdi «Sputnik».

Shu paytgacha bir necha nomlarda chop etib kelingan jurnalning ilk soni 1919 yilda dunyo yuzini ko‘rgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnali tahririyati« davlat unitar korxonasini tugatish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

Jurnalning birinchi soni 1919 yilda «Turkiston xalq xo‘jaligi» («Narodnoye xozyaystvo Turkestana») nomi ostida nashrdan chiqqan edi. Bugungi kungacha jurnalning nomi olti marta o‘zgargan. Jurnal O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi tasarrufida bo‘lgan.

«Prezident qarorida jurnalni yopish sabablari aytilmagan. Ammo buning sabablari aniq – jurnal zararga ishlagan va faqatgina davlat ko‘magida, xususan, obunaga yordam qilinishi hisobiga chop etib kelingan. Biroq bugunga kelib majburiy obuna o‘tmishga aylanmoqda va aksariyat gazeta-jurnallar moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring