Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ilk bor BMTning muhim tadbirlaridan biri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda ilk bor BMTning muhim tadbirlaridan biri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda ilk bor BMTning Osiyo va Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (APCTT) Boshqaruv kengashining 19-sessiyasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 6-7 dekabr kunlari O‘zbekistonda ilk bor BMT Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESCAP) Osiyo va Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (APCTT) Boshqaruv kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Innovatsion rivojlanish agentligida o‘tkazildi.

Mazkur sessiyada 14 ta davlatning texnologiyalar transfer va innovatsiyalar sohasiga mas’ul tashkilotlarining rahbarlari, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va ESCAP ijrochi kotibi A.S.Alishaxbana, APCTT rahbari P.Soni va boshqa ko‘plab vazirlik va ilmiy tashkilotlar vakillaridan iborat 30 dan ortiq xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.

Sessiya doirasida iqlim texnologiyalari, biotexnologiyalar va nanotexnologiyalar yo‘nalishlarida a’zo davlatlar orasida hamkorlikni kengaytirish, tang ahvoldagi ekologik vaziyatga moslashuvchan o‘simliklar navini yetishtirish maqsadida «Jonli laboratoriya»lar (Living Lab) tashkil qilish, sanoat chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha umumiy strategiya ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Sessiya yakunida bir ovozdan Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev APCTT Boshqaruv kengashi raisi etib qayta saylandi. Shuningdek, Filippin Fan va texnologiya vazirligi departamenti direktori Marion De La Kruz APCTT Boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari etib saylandi.

Shuningdek, Sessiya doirasida APCTT Boshqaruv kengashining navbatdagi 20-sessiyasi 2024 yilda Eron Islom Respublikasi poytaxti Tehron shahrida o‘tkazilishi bir ovozdan ma’qullandi.

Mazkur 2 kunlik Sessiya doirasida APCTT Boshqaruv kengashi raisi va raisi o‘rinbosarini saylash hamda APCTT faoliyati natijalari va keyingi rejalariga bag‘ishlangan 8 ta masala yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring