Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda shaxslarni chet elda ishga joylashtiruvchi xususiy agentliklar tashkil etiladi

O‘zbekistonda shaxslarni chet elda ishga joylashtiruvchi xususiy agentliklar tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga ko‘ra fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat bilan endilikda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan bir qatorda xususiy bandlik agentliklari ham shug‘ullanishi mumkin.

Qonunda ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi normalar keltirilgan. 

Xususan, xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash bo‘yicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.

Bunda chet elda ish bilan ta’minlash bo‘yicha faoliyat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun ellik ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yadi.

Mazkur mablag‘lar litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda qaytarib beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring