«O‘zbekneftgaz» raisiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Suhrob Hamroyev «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U turli yillarda vazirlik va respublika darajasidagi davlat idoralari, ekspert agentliklari hamda neft-gaz va energetika sohalarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Abrorjon Xudoyberganov «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mehnat faoliyatini qurilma kuzatuvchisi lavozimidan boshlab, bosqichma-bosqich mas’ul va rahbarlikgacha samarali faoliyat olib borgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter