Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“O‘zbekneftegaz” va Davaktivda katta taftish boshlangani aytildi

“O‘zbekneftegaz” va Davaktivda katta taftish boshlangani aytildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori ishdan olingan. Prezident DXX raisiga javobgarlik masalasida topshiriq berdi.

Davlatimiz rahbari hozirda “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlanganini ma’lum qildi.

Misol uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard so‘mlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard so‘mga sotib yuborgan.

Shu bois, kecha agentlik direktori A.Ortiqov ishdan olindi.

“Haqli savol tug‘iladi. Ushbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan bo‘lsa, xavfsizlik masalalari uchun mas’ullar qayerga qaragan?” – dedi Prezidentimiz.

DXX raisiga “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun mas’ul xodimlarining javobgarligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Komplaens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga mas’ul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qilish topshirildi.

“Sotilgan davlat mulklari bo‘yicha har bir holatni sinchkovlik bilan tekshirib, barcha korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilsin va jazo muqarrarligini ta’minlasin”, – dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring