O‘zNNTMA Kengashi raisiga o‘rinbosarlar saylandi
Jo‘raboyev Ibrohimjon Ilhomjon o‘g‘li O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
I. Jo‘raboyev "Sapienza University of Rome" universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendianti hisoblanadi.
U ushbu lavozimiga saylangunga qadar Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningek, Ismoilov Samandar Abdihakim o‘g‘li O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
S. Ismoilov Buyuk Britaniya Leicyester universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendianti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter