Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Patent uchun imtihonlarni O‘zbekistonda topshirish mumkin

Patent uchun imtihonlarni O‘zbekistonda topshirish mumkin

Foto: Dumatv.ru

Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy yashash va ishlash istagida bo‘lgan chet el, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Rossiyada ishlashga ruxsatnoma (patent) olish jarayonlarida rus tili, Rossiya qonunchiligi va tarixi bo‘yicha imtihondan o‘tish joriy etilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi respublikaning barcha hududlarida joylashgan o‘quv markazlarida rus tiliga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.

«Siz ushbu kurslarda o‘qish davomida rus tilini o‘rganish bilan birga, Rossiyada patent olish uchun kerak bo‘lgan maxsus sertifikatni qo‘lga kiritishingiz mumkin», deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring