Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Paxta uchun nafaqaxo‘rlardan ushlab qolingan pullar qaytarildi

Paxta uchun nafaqaxo‘rlardan ushlab qolingan pullar qaytarildi

Majburiy mehnatga qarshi kurashish maqsadida jamoatchilik nazorati loyihasi sifatida Telegramda @paxta2018_bot maxsus boti tashkil qilingan.

Eng avvalo ishonch bildirib, bot orqali xabar yo‘llayotgan fuqarolarimizga minnatdorlik bildiramiz. Ular joylardagi qonunbuzilish holatlarining oldini olishga yordam berishyapti.

Botdan kelib tushgan har bir murojaat tegishli tashkilotlar tomonidan jiddiy o‘rganib chiqilmoqda.

Masalan, kecha Yangiyo‘l shahrida pensionerlarning pensiyasidan paxta uchun pul ushlab qolishganligi haqida murojaat kelib tushgan edi.

Bugun Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu murojaat o‘rganib chiqildi.

Yangiyo‘l shahar hududidagi 15 ta mahallada nafaqa oluvchi fuqarolardan noqonuniy ravishda paxta yig‘im terimi uchun pul mablag‘lari yig‘ilayotganligi holati aniqlanmadi.

Biroq, o‘rganishda Yangiyo‘l shahar, “Yangibog‘” M.F.Y. raisi A.R. va mas’ul kotibi X.B.lar tomonidan paxta terimi uchun nafaqa oluvchi fuqarolardan pul mablag‘lari yig‘ilganligi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, murojaatda keltirilgan vajlarni tekshirish davomida “Yangibog‘” M.F.Y. raisi A.R.ning paxta yig‘im terimiga vodiydan jalb qilingan terimchilar uchun mahallaning har bir xonadondan 25 ming so‘mdan pul yig‘ish to‘g‘risidagi topshirig‘iga asosan M.F.Y. mas’ul kotibasi X.B. nafaqa tarqatilishi vaqtida nafaqaxo‘rlardan 25 ming so‘mdan pul yig‘ilganligi va uyiga olib borib qo‘yganligi aniqlangan.

X.B. tomonidan nafaqaxo‘rlardan paxta yig‘im terimi uchun yig‘ilgan jami 1.586.000 so‘m naqd pullar va pul bergan nafaqaxo‘rlarni ro‘yxati tuzilgan daftar taqdim etildi.

Ushbu daftar ko‘zdan kechirilganda jami 71 nafar fuqarolardan 1.470.000 so‘m yig‘ilganligi haqida ma’lumotlar borligi aniqlandi.

Mazkur mahalla fuqarolar yig‘inidagi 71 nafar fuqarolarning 54 nafaridan tushuntirish xati olinganda, ularning 33 nafari o‘z xohishi bilan pul berganligini tasdiqlagan.

Bundan tashqari, o‘rganish davomida Yangiyo‘l shahar “Mahalla xayriya jamoat fondi” raisi A.A. 2018 yil paxta yig‘im terimi uchun 15 ta M.F.Y. raislari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyatidan jami 150 nafar terimchi olib kelishga kelishilgani, 2018 yil sentyabr oyi boshlarida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislaridan 1.000.000 so‘mdan jami 15.000.000 so‘m pul yig‘ilib, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidan terimchilar bilan 750.000 so‘mdan kelishib, avans tariqasida har biriga 100.000 so‘mdan berib kelinganligi, ushbu pullarni paxta yig‘im terimiga chiqishni xohlamagan uyushmagan aholidan va homiylar hisobidan yig‘ib olib berishni rejalashtirilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari davom etmoqda.

Yana bir bor eslatamiz: agar sizda ham majburiy mehnatga oid ma’lumotlar bo‘lsa @paxta2018_bot maxsus boti orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring