Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtdagi ikkita masjidga yangi imomlar tayinlandi

Poytaxtdagi ikkita masjidga yangi imomlar tayinlandi

Bugun, 21 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida poytaxt imom-xatiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Rahmatulloh domla Sayfuddinovga Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi.

Shu kunga qadar «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Foziljon domla Ubaydullayev esa Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring