Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «Rosatom» bosh direktorini qabul qildi: tafsilotlar

Prezident «Rosatom» bosh direktorini qabul qildi: tafsilotlar

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni «Rosatom» atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.

Mamlakatimizda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida birinchi kam quvvatli reaktor binosi uchun poydevor qo‘yish ishlari boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Elektr stansiyani loyihalashtirish ishlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, o‘tgan yili «MMFI» milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali negizida atom energetikasi va yadro texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or muhandislik maktabi ishga tushirildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qo‘llash, sohada malakali kadrlarni tayyorlash, fanni rivojlantirish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring