Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuraturada o‘zgarishlar, Mirziyoyevning tashrifi, hakamni haqoratlagan Messi, 9 may salyuti, Toshkent hokimining ogohlantiruvi, Sobir Rahimovning qaytishi va boshqa xabarlar

Bosh prokuraturada o‘zgarishlar, Mirziyoyevning tashrifi, hakamni haqoratlagan Messi, 9 may salyuti, Toshkent hokimining ogohlantiruvi, Sobir Rahimovning qaytishi va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 8-may kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 9-may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi va bayram tadbirida ishtirok etishi kutilmoqda.

Jamiyat

Yangi qaror: bir nechta inspeksiyalar faoliyati tugatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 7-may kuni «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Bosh prokuratura huzurida yangi inspeksiya tashkil etildi

Markaz tomonidan Inspeksiyaning nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.

Sobir Rahimov haykalining ochilish marosimidan fotoreportaj

Bugun esa qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilgan. Cobir Rahimov haykali Prezident aytgan eski joyiga qaytarildi. Haykalning ochilish marosimida keng jamoatchilik, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi. Muxbirimiz Farrux Aliyev Sobir Rahimov haykali ochilishidan fotoreportaj tayyorladi.

Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga 3 kun ichida barham beradi

Bir necha o‘n yillik sog‘lom va Toshkent shahri chiroyiga chiroy bag‘ishlab turgan daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanayotganiga keskin barham berish maqsadida mas’ul boshqarma va tashkilotlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan qattiq ogohlantiriladi, javobgarlikkacha tortish choralari ko‘riladi.

Andijon shahridagi ko‘chalarga kuzatuv kameralari qo‘yildi

Toshkent shahrining ko‘chalarida kuzatuv kameralari o‘rnatilib, ishga tushirilishi ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Bu holat sekin-asta viloyatlarga ham o‘tmoqda.

Toshkentdagi «Ezidyor» to‘yxonasi buziladi

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarovning so‘zlariga ko‘ra, «Ezidiyor» to‘yxonasi buziladi. Uning atrofidagi binolar ham tez orada buzilishi kutilmoqda.

«Tashkent city»ga yangi direktor tayinlandi

Eslatib o‘tamiz, ilgari «Tashkent city» direksiyasi direktori lavozimida ishlab kelgan J.Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Olis urush xotiralari (video)

Qahramonimiz urush xotiralarini shunchaki so‘zlab berolmaydi. Har gal urush manzaralarini eslar ekan, asablari zo‘riqadi, ko‘zlariga yosh keladi. Urushni la’natlaydi. «Urushni ko‘rmanglar!» deb duo qiladi.

9 may kuni poytaxtimizdagi Milliy bog‘dan bayram salyuti otiladi

Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy bog‘ning «Navro‘z» maydonidan 9-may kuni soat 21.00da bayram salyuti (feyerverki) otiladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Huquq

Firibgarlik o‘zi nima? Nega odamlar tez va ko‘p aldanadi?

Shu maqsadda o‘quvchilarimiz uchun firibgarlik, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish tushunchalari yuridik tilda qanday ma’no anglatishi, ularning farqlari, ushbu turdagi jinoyatlar uchun qanday jazolar borligi haqida ma’lumot berishni lozim topdik.

Iqtisodiyot

Fermerlarga imtiyoz! Elektr energiyasi davlat hisobidan qoplanadi

Joriy yil 1-apreldan boshlab nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymati Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Sport

«Sen bir uyum axlatsan» — Messi hakamni haqorat qilgan

Ispaniyaning «Onda Cero» radiosi Messining hakamga aytgan so‘zlarini keltirdi.

Aleks Fergyuson komadan chiqdi

Fergyuson yaqinlarining ma’lum qilishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Lekin shunga qaramasdan shifokorlar bemor uzoq muddat davolanish lozimligini aytishgan.

Texnologiya

«Telegram»dagi kamchiliklar: ularning asosiy beshtasi haqida

Muqobil messenjerlar yetarlicha, lekin ular orasida «Telegram» alohida o‘rin tutadi. Shunga qaramay, uning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor.

Navbatdagi «iPhone»da uchtalik kamera bo‘ladi

«Apple» kompaniyasi o‘zining kamida bitta «iPhone» modelini uchtalik kamera bilan chiqarishi kutilmoqda.

Dunyo

Bavariyada poyezdlar to‘qnashib ketdi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra elektrichka Ausburgdan chiqqan Aynax shahriga yaqinlashayotganda yuk poyezdiga urilib ketgan.

Xitoy va Shimoliy Koreya rahbarlari uchrashdi

Xitoy raisi Si Szinpin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoy shimoli-sharqidagi Dalyan viloyatining port shahrida muzokaralar o‘tkazdi.

Rossiyada bosh vazir tayinlandi

7 may kuni Rossiya prezidenti lavozimiga kirishgan Vladimir Putin bosh vazir lavozimiga Medvedev nomzodini ilgari surgandi.

Tavsiya qilamiz

Urgutning «Ipak yo‘li» (video)

Endi bozori «Jahon bozori» bo‘lgach, bu bozorga sakkiz viloyatning odamini olib keladigan yo‘l ham «Ipak yo‘li» bo‘ladi-da. Bu «Ipak yo‘li» ipakdek mayin, silliq, ravon bo‘lsa kerak deysiz-da?

Sun’iy ravishda farzand ko‘rishga islom dinida munosabat qanday?

Ushbu davlat olimlarining aytishicha, bu amaliyot bolalarning irsiy kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish uchun qilinar ekan. Yaqinda OAV Meksika va Ukrainada ham bu borada tajribalar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Shu holatga shariatimiz nuqtai nazaridan izoh bersangiz.

Sudning xatosiga kim aybdor: jamiyatmi, tizimmi, sudyaning ojizligimi?..

Jinoyat ishi bo‘yicha sud psixologiya-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, Toshkent shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasining 2014 yil 4 fevraldagi 57-sonli xulosasida Norboyeva Muborakning jinoyatni «fiziologik affekt», ya’ni kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida sodir etgani qayd qilingan.

Reyganning muxlisi

Darvoqe, Amerikaning 40-prezidenti kollejni bitirgach, birinchi ish joyi radiostansiya bo‘lgan. U yerda Reygan, diqqat qiling, sport sharhlovchisi bo‘lib ishlagan va o‘sha davrlarni hayotining eng baxtli onlari sifatida eslagan.

Men jurnalistman – meni mukofotlang!

Bu yilning eng shov-shuvli mavzularidan biri, shubhasiz, kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limi hodisasi bo‘ldi. Bu voqeani yoritib, jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan, oxir-oqibat davlat rahbari tomonidan ijtimoiy soha xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilinishi qat’iy taqiqlanishida asosiy rol o‘ynagan jurnalist «Oltin qalam»da eslab ham o‘tilmadi.

SSSR urushda lend-liz tufayli g‘alaba qozonganmi?

1941-yil 28-oktabr kuni AQSh prezident Franklin Ruzvelt lend-liz to‘g‘risidagi qonunni Sovet ittifoqiga nisbatan ham tatbiq qilish haqida direktiva chiqardi.

Jurnalist surishtiruvi. Qarshida kitob do‘koni mojarosi

Bibioy Bobomurodova buni faqat savdosi yurishib, daromadi ko‘payishi ilinjida qilayotgani yo‘q. Shunaqa niyati bo‘lganda edi, allaqachon kitob savdosidan voz kechib, bir necha baravar ko‘p foyda keltiradigan tijoratga o‘tgan bo‘lardi. Yoki tadbirkorlikni butkul yig‘ishtirib qo‘yib, aksariyat tengdoshlari singari keksalik gashtini surib yuraverardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring