Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibray elektr stansiyasidagi yong‘in Toshkentning bir qismini suvsiz qoldirdi

Qibray elektr stansiyasidagi yong‘in Toshkentning bir qismini suvsiz qoldirdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Joriy yilning 22-fevral sanasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan  viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘lganligi sababli suv uzatish qurilmalari (nasos) ishi to‘xtagan. Shu bois, hozirda Toshkent shahrining tumanlarida  suv bosimining pasayishi va ayrim tumanlarda uzilishlar sodir bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Hozirda yong‘in bartaraf etilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar ma’muriyati uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring