Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoidabuzarlik haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi

Qoidabuzarlik haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–128-son, 14.02.2022 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.

2023 yil 1 yanvargacha «Elektron nazoratchi-taftishchi» dasturiy majmuasi to‘liq ishga tushiriladi.

Inspeksiyada budjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun Qurilish ob’yektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi (40 ta shtat birligidan iborat) tashkil etiladi.

2022 yil 1 apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot to‘lanadi.

2022 yil 1 noyabrgacha Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.

2022 yil 1 noyabrdan Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring