Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi

Qoraqalpog‘istonda «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi

Foto:«Manzur.uz»

O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida umumiy maydoni 280 507 gektar bo‘lgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklidagi «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.

Buyurtma qo‘riqxonasining asosiy maqsadi qirg‘oq landshaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta ko‘paytirishdan iborat.

Qaror bilan Davlat ekologiya qo‘mitasiga 2021-yil yakuniga qadar Sudoche ko‘lini xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega bo‘lgan suvli-botqoqli hududlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring