Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga yordam beruvchi «Saxovat» yordam markazi tashkil etildi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida, bir guruh vatandoshlarimiz «Saxovat» yordam markazini tashkil etdi.
COVID-19 pandemiyasi sababli, Rossiya Federatsiyasida og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonliklar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish ularning asosiy vazifasidir.
16-apreldan boshlab markaz saxovat.rf portali orqali va markazning Facebook sahifasida yordam so‘rovnomalarini qabul qilishni boshlaydi.
Markazning xodimlari Moskva va Moskva viloyatida yashovchi muhtoj o‘zbekistonlik fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni manzillariga yetkazib berishni rejalashtirishmokda.
Birinchi navbatda, yordam ayollarga, kariyalarga, nogironlar va yosh bolalarga ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, markaz +79167977772 «ishonch telefoni» orqali yurtdoshlarimizga bepul axborot-huquqiy yordam ko‘rsatadi.
Siz ham hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz: bank pul o‘tkazmalari (sahifa bu yerda) orqali Rossiyada bo‘lgan vatandoshlarimizga yordam berishingiz mumkin. Yoki «Saxovat» yordam markazining volontyori bo‘lishingiz mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter