Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan olindi

Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Islomov Baxtiyor Jahongirovich Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi ma’lum qildi.

U bungacha Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.

Bunga qadar ushbu lavozimda Rustam Inoyatov faoliyat olib borayotgan edi.

B. Islomov 2017-yildan 2021-yilgacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi vazifasida ishlagan. Undan avval Farg‘ona va Toshkent viloyati sudlarida ham ayni shu lavozimda faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring