Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva hakamlik qilgan nufuzli mukofot sovrindorlari e’lon qilindi

Saida Mirziyoyeva hakamlik qilgan nufuzli mukofot sovrindorlari e’lon qilindi

Foto: Saida Mirziyoyeva.

Birlashgan Arab Amirliklarida tinchlik, ijtimoiy adolat va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nufuzli «Insoniy birodarlik» (Zayed Award for Human Fraternity) sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

Bu yilgi mukofot Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tarixiy tinchlik kelishuvi hamda huquq himoyachisi Zarqa Yaftaliga nasib etdi. 

E’tiborli jihati shundaki, mukofot sovrindorlarini aniqlagan xalqaro hakamlar hay’ati tarkibida Markaziy Osiyoning yagona vakili — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi. 

Ushbu ishtirok O‘zbekistonning global gumanitar tashabbuslar va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi roli xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilayotganining yaqqol namunasidir. 

Ma’lumot uchun: taqdirlash marosimi 2026 yil 4 fevral kuni BMT tomonidan belgilangan Xalqaro inson birodarligi kunida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring