Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandliklar uchun qulaylik: 3-tug‘ruq majmuasiga yangi bino berildi

Samarqandliklar uchun qulaylik: 3-tug‘ruq majmuasiga yangi bino berildi

Foto: «Samarkand.uz»

Samarqand shahridagi 3-tug‘ruq majmuasi ginekologiya bo‘limi faoliyatini yangi binoda davom ettirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tibbiy muassasaning akusherlik va ginekologiya bo‘limlari shu paytgacha bitta binoda joylashgan edi. Ancha vaqtdan buyon foydalanilmay kelayotgan bino 2017-yil investitsiya dasturiga kiritilib, 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga kapital ta’mirlandi.

Qirq besh o‘ringa mo‘ljallangan yangi bo‘limda ultratovush tekshiruvi, kolposkopiya, EKG, tahlilxona, kichik operatsiya xonalari tashkil qilingan. Bundan tashqari, qabul bo‘limi, ko‘rik va muolaja xonalari zarur mebel va tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring