Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Savdo tarmoqlari Ramazon oyida narxlari barqarorligini ta’minlash borasida ogohlantirildi

Savdo tarmoqlari Ramazon oyida narxlari barqarorligini ta’minlash borasida ogohlantirildi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va respublikamiz hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyida narxlari barqarorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan Ramazon kunlarida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash har qachongidan ham muhim ekanligini ta’kidlab, tegishli topshiriqlar bergan edi. 

Yuqoridagilar ijrosi yuzasidan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan yirik savdo tarmoqlari va respublikamiz hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborilgan.

Qo‘mita, shuningdek, ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash borasida o‘z vakolatlari doirasida zaruriy barcha choralarni ko‘rib borishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring