Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Bosh kotibi Ramazon munosabati bilan bayonot berdi

BMT Bosh kotibi Ramazon munosabati bilan bayonot berdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish muqaddas Ramazon oyining boshlanishi munosabati bilan butun dunyo ahliga murojaat qildi.

BMT matbuot xizmati xabar berishicha, tashkilot rahbari Ramazonning tinchlikka intilish uchun muhim vaqt ekanligini ta’kidlagan.

Guterrish Afg‘onistondan tortib Yamangacha, G‘azodan tortib Sudangacha va boshqa mintaqa hamda joylarda odamlar hali ham mojarolar, ochlik, majburiy ko‘chishlar, diskriminatsiya kabi og‘ir sinovlar bilan to‘qnash kelayotganini ta’kidladi.

BMT rahbari xalqaro jamoatchilikni Ramazonning asosiy g‘oyasiga e’tibor qaratmoqlikka chaqirdi: ziddiyatlarni yengishga harakat qilish, azob-uqubat chekkanlarga yordam berish va har bir insonning huquqi hamda qadrini himoya qilish.

Guterrish har yili Ramazon boshlanishi munosabati bilan musulmon oilalarning birida mehmon bo‘lib, ular bilan birga iftorlik qiladi. «Har yili men Ramazonning tinchlik va rahmdillik g‘oyasidan ilhomlangan holda qaytaman», — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring